Namozning kafforati

Assalomu alaykum! Men buvamning o‘qimagan farz namozlari va tutmagan ro‘zalari uchun kafforat bermoqchiman. Forumdan topgan ma’lumotimda bir kunlik namozning yoki bir kunlik ro‘zaning kafforati 1087. 5 gramm bug‘doy ekan. Savolim shundan iboratki : kafforat berilgandan so‘ng, shu banda qiyomatda kafforati berilgan amallardan so‘raladimi? Yana bir kichik savol berishga ijozat etgaysiz! Nega bu kafforat ramazon ro‘zasining fidyasidan kam? Javobingiz uchun oldindan rahmat!

«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Namozning qazosini o‘qish boshqa narsa, nega o‘qimaganligi haqida so‘ralishi boshqa narsa. Ro‘zaning fidyasini joylarning ulamolari o‘sha joydagi bir kunlik toamning miqdoriga qarab belgilashgan. Avvalgi ulamolar nazdlarida ikkisining farqi bo‘lmagan. Vallohu a’lam.

26 May 2022, 16:25 | Savol-javoblar | 172 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar