Men uchun muhim savollar

Assalomu alaykum ustoz!Sizga ikki savol bilan murojat etmoqdaman. Bizlarga olimlardan bilmaganlarimizni so‘rash uchun shundoq imkoniyatlar berib qo‘ygan Robbimizga hamdlar bo‘lsin.1. To‘y-nikoh marosimlari haqidagi savolga javob sifatida "Balog‘atga etgan erkak va ayollarni aralashishiga shariatda ruxsat yo‘q", deb aytibsiz. Bizning yurtda aksar to‘ylar shariatga xilof bo‘lmoqda. Eng yaqin qarindoshining to‘yiga bormaslik juda qiyin. Bunga qanday iloj bor? Yurtimizda deyarli barcha oliygoh va o‘qiv maskanlarida erkagu ayol bir xonada hatto yonma yon o‘tiradi. Buning hukmi ham yuqoridagi kabimi?2. Tirikchiligi to‘yxona yoki kafe boshqaruvi bian o‘tadigan kishilarning kasbi durustmi? Ma’lumingizkim, aksar hollarda to‘yxonada to‘ylar shariatga xilof tarzda o‘tadi.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
1. Astalik bilan odamlarga tushuntirish orqali erishiladi. Albatta, jamoatchilik joylarida, zarurat yuzasidan bo‘lgan holatlarda shariat qoidalari asosida ruxsat berilgan. Aralashish deganda erkak va ayollar umuman bir-birlarini ko‘rmasin degani emas.2. Harom narsa bori mumkin emas. Ammo hozir avvaliganda holat ancha yaxshi bo‘lib qolganini ham aytish kerak.

5 May 2022, 18:46 | Savol-javoblar | 149 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar