Homilador ro‘zasi

Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar. Homilador va emizikli ayollarga ham kuchi etsa Ramazon ro‘zasini farz ekanligini bilib oldik. Menda yana shu mavzu buyicha savollar bor edi. Agar homilador yoki emizikli ayol  ro‘za tutsa va sog‘lik jihatidan hech qanday qiyinchilikka uchramasa, lekin ochlik jihatidan qiynalsa, masalan qorni ochib, boshi aylanib, og‘rib yoki holsiz bo‘lib qolsa ham Ramazon ro‘zasini tutish farz bo‘ladimi? Agar shu ochlik jihatida qiynalsa Ramazon oyida kunora yoki 3 kunda 1 ruza tutsa bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Bo‘ladi. Bu kabi holatlarda har bir kishining shaxsiy vaziyat va holatiga qarab baho beriladi. Ramazonda tutmagan ro‘zasini keyin bir kuniga bir kundan qazosini tutib berish farz bo‘ladi. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 08:12 | Savol-javoblar | 161 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar