Ortiqcha haq
Assalomu alaykum! Kira qilib turaman. Bir mijoz 4000 so‘m o‘rniga 12.000 so‘m berib yuboribdi. Ishonuvchanligim sabab ko‘pincha pulni sanab olmayman. U insonni tanimayman. Lekin bergan ortiqcha 8000 so‘mini nima qilishim kerak? Masjidda ehson qutisiga uning nomidan bersam bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Inson avvalo shuni yaxshi bilishi kerakki, masjid qutisi o‘g‘rini tavba qilib, yomon tush ko‘rgan odam boshidan aylantirib pul tashlaydigan, poraxo‘r pora olganining qolganini poklash uchun, erdan topilgan, birovning haqqini eb, berolmaganini tashlab ketadigan narsa emas. Siz u pulni muhtojga o‘sha odamning nomidan berib yuborasiz. Bordiyu, qachondir o‘sha odam topilib qolsa unga aytasiz, qaytarib berishni talab qilsa, yoningizdan berasiz.عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ رَضِي اللهُ عَنْهُ عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: مَا تَصَدَّقَ أَحَدٌ بِصَدَقَةٍ مِنْ طَيِّبٍ - وَلَا يَقْبَلُ اللهُ إِلَّا الطَّيِّبَ - إِلَّا أَخَذَهَا الرَّحْمَنُ بِيَمِينِهِ، وَإِنْ كَانَتْ تَمْرَةً فَتَرْبُو فِي كَفِّ الرَّحْمَنِ حَتَّى تَكُونَ أَعْظَمَ مِنَ الْجَبَلِ، كَمَا يُرَبِّي أَحَدُكُمْ فَلُوَّهُ أَوْ فَصِيلَهُ. رَوَاهُ الْخَمْسَةُ إِلَّا أَبَا دَاوُدَ. وَزَادَ التِّرْمِذِيُّ: وَتَصْدِيقُ ذَلِكَ فِي كِتَابِ اللهِ عَزَّ وَجَلَّ - يَمْحَقُ اللّهُ الْرِّبَا وَيُرْبِي الصَّدَقَاتِAbu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Qay bir kishi halol-pokdan sadaqa qilsa (Alloh halol-pokdan boshqani qabul ham qilmaydi), albatta, Alloh u(sadaqa)ni o‘ng qo‘li bilan qabul qilib oladi. Agar u bir dona xurmo bo‘lsa ham, tog‘dan ham katta bo‘lib ketguncha Rahmonning kaftida o‘sadi. Xuddi birortangiz toychog‘i yoki bo‘talog‘ini tarbiya qilganidek», dedilar». Beshovlaridan faqat Abu Dovud rivoyat qilmagan.Termiziy:«Buning tasdig‘i Alloh azza va jallaning Kitobidadir: «Alloh riboni yo‘q qilur va sadaqalarni o‘stirur»ni ziyoda qilgan. Sharh: Hadisda Alloh taologa «o‘ng qo‘l» va «kaft» nisbatlarini berish tushuntirish ma’nosidadir. «O‘ng qo‘li bilan qabul qilib oladi» jumlasining ma’nosi «yaxshilab, ehtimom bilan qabul qiladi» deganidir. Shuningdek, «kaftida o‘sadi» degani «Allohning huzurida alohida e’tiborga sazovor bo‘lib, ko‘payadi», degan ma’noda aytilgan. Ushbu hadisi sharifda mo‘min-musulmonlarga harom moldan nihoyatda ehtiyot bo‘lish ta’kid ila tushuntirilmoqda. Molni infoq, sadaqa qilish, zakot berish yaxshi narsa ekanligi, ammo bunday yaxshilik uchun mol halol bo‘lishi uqdirilmoqda. Chunki Alloh taolo halol bo‘lmagan moldan qilingan sadaqani qabul qilmaydi. Ba’zi bir kishilar «Zakot, sadaqa molni poklaydi» degan tushunchani suiiste’mol qilib, harom-xarishdan topgan molidan bir oz sadaqa berib qo‘yib, «Endi molim pok bo‘ldi», deb yuradilar. Bu tushuncha to‘g‘ri emasligiga ushbu hadis dalildir. Zakot va sadaqa qilingan narsalar halol moldan bo‘lgandagina qabul qilinadi. U molni poklaydi, o‘sishiga, barakasiga sabab bo‘ladi. O‘g‘rilik, poraxo‘rlik, riboxo‘rlik, qimor, harom narsalar sotish va boshqa turli harom yo‘llar bilan topilgan iflos molni hech narsa poklamaydi. ("Hadis va Hayot" kitobidan). Vallohu a’lam!
26 May 2022, 08:15 | Savol-javoblar | 166 | Dolzarb savollar