qaerning hurmati baland, masjidnimi yoki

Shayx hazratlari! Islom ravnaqi yo‘lida qilayotgan sa‘y-harakatlaringizga Alloh baraka bersin! Qur‘ondagi bir oyat tafsiri haqida murojaat qilmoqchi edik. Haj surasining 40-oyatida Alloh masjidlarni rohiblarning uzlatgohlari, nasroniylarning butxonalari, yahudiylarning ibodatxonalaridan keyin 4-o‘rinda zikr etilishiga sabab, Islom davlatida o‘zga din ahllari ham musulmonlar bilan bab-barobar huquqqa ega ekanligiga ishora bor, deya ba‘zi tarjimalarda tafsir qilinibdi. Zimmiylar nisbatan huquqlari cheklanmaganmidi aslida yoki bu erda ularning masjiddan avval zikr qilinishining sababi ularning masjid bilan hurmatlari teng ekanligiga ishorami?
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Bu erda tarixiy omil bor. Ular oldin o‘tgan. Islom oxiri kelgan.

3 May 2022, 04:30 | Savol-javoblar | 156 | Qur’oni karim
|
Boshqa savol-javoblar