Taxoratdagi ba’zi xolatlar

Assalomu alaykum! Yaqinda bir tanishim menga 3550-savolga asoslanib, agar xojatga chiqmasang, el kelsa taxoratdan mustahab olish bidat ekan dedi,men savolni topib o‘qib chiqdim, lekin bilimim pastligi sababli aglay olmadim. Ya’ni men bazan taxoratim sinmasa ham, el kelsa ham taxorat qilganimga uzoq muddat o‘tgan bo‘lsa yangidan qilib olar edim. Bu qilganim xatomi? Mustahab qilmasdan taxorat olsam xuddi mukammal emasdek tuyilardi, shu sababli el kelsa ham avval mustahab qilar edim. Mening shu kungacha qilgan taxoratim bid’at sanaladimi? Quruq eldan keyin taxorat buzilmaydimi? 
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! El kelsa tahorat sinadi. Quruq eldan tahorat buziladi, lekin mustahab qilish shart emas. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 19:03 | Savol-javoblar | 158 | Tahorat
|
Boshqa savol-javoblar