Qarindoshimning nomoz o‘qishi

Assalomu alaykum! Bugun bir tanishimnikiga borudim o‘sha erda bir qarindoshimizga ko‘zim tushdi, peshin nomozini o‘qiyotgan edi. U ayol qo‘llarini ikki tirsagidan ushlab o‘qirdi. Rukudayam oyog‘ini tizzasidan pastrog‘idan ushladi. U qanaqa o‘qiyapti bu o‘qish noto‘g‘riku to‘g‘rimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Aslida ulamolar qo‘lni bog‘lanishligi yoki bog‘lanmasligida ixtilof qilganlar. Vaqtlar o‘tib qaerga bog‘lanish ixtilofli bo‘lib qoldi. Asosiysi qo‘lni bog‘lash. Hanafiy mazhabida ayollar ruku’da qo‘llarini tizzasini ustiga qo‘yadilar. Erkaklar esa tizzalarini changallab oladilar. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 02:06 | Savol-javoblar | 132 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar