Mayyit haqida so‘rash

Assalomu alaykum! Qabristonda mayyitni qo‘ygandan so‘ng mayyit egalari “meni otam yoki onam qanday odam edi” deb xaloyiqdan so‘rashadi. Dinimizda shunday narsalar bormi? Sizlardan Alloh rozi bo‘lsin.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Bu savol va unga beriladigan javob guvohlik berish hisoblanadi. Shuning uchun hozirgi kunda juda ko‘p fosiq, sudxo‘r kabi insonlarni ham qabr ustida “yaxshi inson edi” deyilmoqda. Bu yolg‘on guvohlik hisoblanadi. Yolg‘on guvohlik gunohi kabiradir. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 08:18 | Savol-javoblar | 165 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar