Halol ish
Assalomu alaykum! Men Yaponiyada o‘qiyman ham ishlayman. Bu erda sotuvchi bo‘lib oylik ish haqqiga magazinda ishlayman. Shu do‘konda cho‘chqa yog‘i va go‘shtidan tayorlangan mahsulotlar bor. Men shu narsalarni va boshqa mahsulotlarni sotaman. Bu mahsulotlarni oladigan odamlar ham yaponlar, ya’ni musulmonmaslar olishadi. Meni topayotgan pulim halolmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Musulmon kishida diniga g‘ayrat qilish degan narsa bo‘lishi kerak. Alloh harom qilgan narsani sotish ham unga tegishli ishlarda yordam berish ham joiz emas. Sizni ishga olganlarga bu narsa diningizda harom qilinganini ayting va tushuntiring. Himmat ham qilingda... Siz boshqalarni dinini hurmat qilganingizdek sizni diningizni ham hurmat qilishga chaqiring. Shunga loyiq ham bo‘ling. Iste’moli harom bo‘lgan narsani sotish ham harom. Harom ish evaziga olingani ham harom. Vallohu a’lam!
5 May 2022, 07:29 | Savol-javoblar | 180 | Moliya va tijorat