Imkoni bo‘lib turib qarzini bermayotganlar
Assalomu alaykum! Imkoniyati bo‘la turib olgan qarz(pul)ini bermayotgan insonni hukmi qanday? Alloh qilayotgan hayrli ishlaringizni barokotli qilsin.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! «مطل الغني ظلم» Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Boy (qodir) bo‘laturib qarzni kechiktirish zulmdir», deganlar. Muttafaqun alayh. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam shunday deganlar: «من فارق الروح الجسد، وهو بريء من ثلاث دخل الجنة: من الكبر، والغلول، والدين» «Kimning ruhi uch narsadan: kibrdan, o‘ljaga xiyonatdan va qarzdan xoli bo‘lib jasadidan ajrasa, jannatga kiradi». Ibn Moja rivoyat qilgan. «نفس المؤمن معلقة بدينه حتى يقضى عنه» «Mo‘minning joni qarzi ado etilmaguncha tutib turiladi». Termiziy rivoyat qilgan. Bir kishining akasi vafot etib, zimmasida qarzi qoldi. U akasi haqida Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan so‘radi. U zot: «U qarzi tufayli tutib turilibdi, uning qarzini to‘la», dedilar. Imom Ahmad rivoyat qilgan. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 08:25 | Savol-javoblar | 165 | Dolzarb savollar