Qurbonlik go‘shtini berish

Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, agar biror odam menga qurbonlik qilingan go‘shtdan bersa, meni o‘sha paytda go‘shtga ehtiyojim bo‘lmasa, qurbonlik go‘shtini ehtiyojmanroq deb o‘ylagan boshqa oilaga berib yuborsam bo‘ladimi? Javob uchun oldindan rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Go‘shtni olganingizdan keyin u mutloq sizniki bo‘lib, xohlagan ishingizni qilish ixtiyoringiz bo‘ladi. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 08:25 | Savol-javoblar | 160 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar