Topib olingan narsani egasi kelsa

Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, topilmalar haqida kifoya kitobida o‘qidim. Topib olingan narsani sadaqa qilib yuborilgandan keyin egasi kelsa unga molini qaytarish vojibmi? Agar bir yil o‘tmasdan sadaqa qilib yuborilgan bo‘lsachi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Egasi topilishiga egasiga qaytariladi. Agar sadaqa qilib yuborilgan bo‘lsa, o‘shaning qiymatini beradi. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 08:24 | Savol-javoblar | 159 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar