Musofirchilikda namoz

Assalomu alekum! Hozirda chet elda xizmat yuzasidan musofirchilikda yuribman. Tayinlangan ish vaqtim tugaganidan keyin qo‘shimcha ishlash uchun ko‘chaga chiqaman. Menga ish beruvchi shaxs xar bir soatiga pul to‘laydi ba’zan ish beruvchi namoz o‘qishimga qarshi bo‘lmaydi ba’zilari esa xar soatiga pul to‘lagani uchun  tanqid qiladi. Shunday holatlarda men ish qilayotgan mobaynimda namoz ham o‘qib yuraman. Sizga savolim shuki ushbu qilayotgan ishim to‘g‘rimi? Oldindan katta rahmat!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Agar ish beruvchi sizga namoz vaqtida bemalol namoz o‘qishingizga ijozat bergan bo‘lsa, siz undan shu ketgan vaqtni haqqi masalasida roziligini olib oling. Agar u bunga rozi bo‘lmasa, namozga ketgan vaqtni qo‘shimcha ishlab bering. Yoki o‘shancha vaqtning pulini olmang. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 08:27 | Savol-javoblar | 165 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar