Plastik jarrohlik

Assalomu alaykum!
1. O‘g‘lim 4 yoshdan o‘tgan, ko‘zining burun soxasi bilan tutashgan joyi, uydagilarni aytishiga ko‘ra, tortilgan ekan (mening nazarimda unday emas). Katta bo‘lganda bu xunuk ko‘rinishi mumkin ekan. Shu sababdan linkdagi rasmda uzuq chiziqlar bilan ko‘rsatilgan joyini plastik jarroxlik yo‘li bilan kestirib qo‘ysa bo‘ladimi? Bu Allohni berganini o‘zgartirishga kirmaydimi?
2. Jiyanimni peshonasini o‘ng tarafida kattagina holi bor va shu  holdan sochga o‘xshab tuklar o‘sib chiqadi va biz tuklarini doim kaltalatib turamiz. Shu holini plastik jarroxlik yo‘li bilan olib tashlasa bo‘ladimi?
Rahmat!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Vaalaykum assalom! BISMILLAHIR ROHMANIR ROHIYM Islom Konferensiyasi Tashkiloti qoshidagi xalqaro islom fiqhi akademiya-si Malayziyaning Butrajaya shahrida 1428 hijriy yili Jumadul oxira oyining 24 dan 29 gacha ya’ni melodiy 2007 yil 9 iyuldan 14 iyulgacha bo‘lib o‘tgan majlisda quyidagi mavzuni muolaja qildi: «KOSMETIK JARROHLIK VA UNING HUKMI» Bu mavzu bo‘yicha taqdim qilingan ilmiy ishlar munoqasha qilinib, u haqda bo‘lib o‘tgan tortishuvlarni eshitib, Islom Konferensiyasi Tashkiloti qoshidagi xalqaro islom fiqhi akademiyasi quyidagicha qaror qiladi. Birinchi: Kosmetik jarrohlikning ta’rifi; Kosmetik jarrohlik insonni zohiriy jismidagi bo‘laklaridan birini o‘zgartirish orqali chiroy kiritish yoki shikast etganligi sababli vazifasini qayta izga tushirish uchun xizmat qiladigan jarrohlikdir. Ikkinchi: Kosmetik jarrohlik mobaynidagi umumiy shartlar va normalarga amal qilish; 1. Jarrohlik shar’iy e’tibor bilan amalga oshirilgan bo‘lmog‘i lozim. Masalan vazifani qayta yo‘lga qo‘yish, aybni isloh qilish va xilqatni asliga qaytarish. 2. Jarrohlik umid etilgan manfaat o‘rniga zararni oshirib yubormasligi kerak. Bu ishni mutaxassis va ishonchli kishilar amalga oshirmog‘i lozim. 3. Jarrohlik amaliyotini qiluvchi tabib yoki hamshira o‘sha kasbning ahli va mutaxassisi bo‘lishi va bu mas’uliyat akademiyaning 142-raqamli qaroriga muvofiq bo‘lishi. 4. Jarrohlik amaliyoti bemorning izni bilan bo‘lishi. 5. Tabib ongli va voqe’ bo‘lishi mumkin bo‘lgan xatarlarni ko‘ra-bila oladigan bo‘lishi lozim. 6. Jarrohlikdan ta’siri oz bo‘lgan bosh-qa muolaja bo‘lmasligi lozim. 7. Shar’iy manbalarga muxolif bo‘lmasligi kerak. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Abdulloh ibn Mas’uddan (roziyallohu anhu) qilgan rivoyatda u zot: «Igna bilan badaniga surat chizuvchi ayol va chizdirtiruvchini, soch ulaydiganni va ulatadiganni, husn uchun tishlarining orasini ochuvchini va Alloh xalq qilgan narsani o‘zgartiruvchini la’natlagan», deb aytdilar. Imom Buxoriy rivoyat qilgan. Ibn Abbosdan (roziyallohu anhu) qilingan rivoyatda keltirilishicha, soch ulovchi ayol va soch ulatuvchi ayolni, igna bilan badaniga surat chizuvchi ayolni va chizdiruvchini, og‘riqsiz badaniga surat chizuvchini la’natlangan. Abu Dovud rivoyati. Va yana Rasululloh sollallohu alayhi vasallam o‘zini ayollarga o‘xshatuvchi erkakni hamda o‘zini erkakka o‘xshatuvchi ayolni bunday qilishidan man etganlar. 8. Davolanish qoidalariga amal qilmog‘i. Nomahram bilan xoli qolmaslik, avratlarni ochmaslik va shunga o‘xshash narsalardan chetlanish. Zarurat uchun yoki majbur bo‘lib qolganda, zarari yo‘q. Uchinchi: Shar’iy ahkomlar: 1. Kosmetik Jarrohlik zarurat va hojat yuzasidan shar’an joizdir. a) Jismdagi a’zo shaklini Alloh xalq qilgan holatiga qaytarish. Alloh Qur’onda bu haqda: «Darhaqiqat Biz insonni eng go‘zal shaklu shamoyilda yaratdik»(Vat-tiyn, 4), deb aytgan. b) Jism a’zosiga taniqli ma’lum vazifasini qaytarish. v) Xalqiy ayblarni isloh qilish, masalan darz ketgan lab, qiyshiq burun, xol, barmoq va tishlarning ortiqchasi yoki barmoq yopishib qolib uni shu tarzda turishi moddiy yoki ma’naviy zarar keltirsa g) Baxtsiz hodisalar sababli, masalan yong‘in, kasallik va shunga o‘xshash narsalar. Masalan kasal terini olib tashlab, sog‘ terini yamash amaliyoti, emchakni kasallikka olib borishidan xavfga tushilsa ba’zi qismini yoki barchasini olib tashlash, soch to‘kilib ketganda soch ekish. Bu xususan ayollarda uchraydi. d) Badbasharalikni yo‘qotish, xususan bu nafsiy aziyatga sabab bo‘lsa. 2. Kosmetik jarrohlik amaliyoti tibbiy muolaja bo‘lmay, balki insonning tekis xilqatini o‘z havoyi nafsiga ergashib yoki boshqalarga taqlid qilib, rag‘batlarini ro‘yobga chiqarish maqsadida bo‘lsa, joiz emas. Xuddi yuzni muayyan ko‘rinishda ko‘rinish, uchun yoki firib qasdi va adolatni buzish ma’nosida bo‘lishi, burun shaklini o‘zgartirish, labni katta yoki kichik qilish va ko‘z shaklini o‘zgartirish hamda lunjini kengaytirish kabilar. 3. Vaznni ilmiy vositalar bilan kamaytirish, agar vazn kasallikni keltirib chiqarsa. Jarrohlikdan boshqa yo‘l qolmasa, zarardan omonda bo‘lish sharti bilan jarrohlik amaliyoti o‘tkazish joiz. 4. Ajinni jarrohlik yo‘li orqali yoki ukol orqali modomiki kasallik holati bo‘lmasa, zarardan omonda bo‘lish sharti bilan joiz emas. 5. Qizlik pardasi baxtsiz hodisa yoki zo‘ravonlik oqibatida yoki majburlash bilan yirtilib ketgan bo‘lsa uni tikish joiz. Ammo fohishalik sababli o‘sha qilgan gunohini yopish uchun bo‘lsa, shar’an joiz emas. Bu amaliyotda do‘xtir ayollar boshchilik qilmog‘i lozim. 6. Mutaxassis tabib tibbiy amallarda shar’iy qoidalarga amal qilmog‘i va jarrohlik qildirayotganlarga nasihat qilmog‘i lozim. Chunki «Din nasihatdir», deb aytilgan. Vallohu a’lam.
25 Aprel 2022, 17:23 | Savol-javoblar | 85 | Tabobat
|
Boshqa savol-javoblar