Qaysi kitobni hadya qilay?

Assalomu alaykum! «Ilmni tartib bilan oling» degan maqolani o‘qib, nasroniy ustozimga Shayximiz rohimahullohning qaysi bir kitoblarini bersam ekan deb o‘ylab qoldim. Muammo shundaki ular o‘zbek tilini tushunmaydilar, men ham Hazrat rahimahullohning qaysi kitoblari rus tiliga tarjima qilinganini bilmayman. Qaysi kitoblarni tavsiya qilasizlar.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Bu holatlar uchun Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rahimahulloh o‘zlarining rus tilida chop etilgan "Iyman. Islam, Kur’an",  so‘ngra  "Xadisы i jizn" kitoblar silsilasidan "Iyman i Islam"  va nihoyat "Osnovы islamskoy verы" ("Sunnitskie veroubejdeniya") kitoblarini tavsiya qilganlar. So‘ngra esa "Tafsir Xilal" va boshqa kitoblarni o‘qisa yaxshi bo‘ladi. Kitoblar haqidagi ma’lumotlarni batafsil https://hilolnashr.uz/   va  https://www.e-hilolnashr.uz/  saytlaridan topishingiz mumkin. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 08:27 | Savol-javoblar | 153 | Ta’lim va muta’allim
|
Boshqa savol-javoblar