Er qo‘shib olinsa bo‘ladimi?

Assalomu alaykum! Yo‘lovchilarga halal bermaydigan darajada uyimiz chegarasidan ikki uch metr qo‘shib uyimizni oldi chiroylik bo‘lsin degan maqsadda uyning oldiga daraxt va gullar ekkanmiz. Deyarli mahallada hamma shunday qilgan. Shu ishimiz to‘g‘rimi? O‘zi necha metrga ruhsat bor?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Er hukumatniki, nimaga ruxsat berish yoki bermaslik ularning haqqi. Tegishli joylardan so‘rang. Hamma foydalanadigan joyni o‘zlashtirib shaxsiy qilib olish joiz emas. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 08:29 | Savol-javoblar | 151 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar