Qoramolni bir necha kishi uchun qurbonlik qilish
Assalomu alaykum! Ota o‘z oila a’zolari uchun bir bosh qoramolni qurbonlik qilmoqchi. Bunda hamma oila a’zolariga ham qurbonlik qilish vojib emas. Shuningdek, qizlari boshqa viloyatlarda turganligi sababli o‘ziga tegishli ulushni olib ketolmaydi. Shu bo‘yicha quyidagi holatlarda qanday yo‘l tutiladi: 1. Qurbonlik qilish vojib bo‘lgan va bo‘lmaganlar uchun ota qoramolni qurbonlik qilsa bo‘ladimi? 2. Qoramol go‘shti oila a’zolari o‘rtasida teng taqsimlanishi kerakmi? 3. Qoramol go‘shtini olib ketolmaydiganlarning ulushi to‘liq tarqatib yuborilsa bo‘ladimi? 4. 5 kishiga qoramol so‘yilsa va ota qolgan 2 hissani o‘zining avvalgi yoki kelgusi davrdagi qurbonligi hisobiga deb niyat qilsa bo‘ladimi? 5. Mazkur holatda qurbonlik to‘g‘ri bo‘lishi uchun yana nimalarga e’tibor qaratish kerak bo‘ladi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Ota qoramolni sotib olgach, hissalarini ularga hadya qilishi kerak. Ular qabul qilib olgandan so‘ng, barchalari nomidan qurbonlik qilish joiz, garchi hammalriga qkrbonlik qilish joiz bo‘lmasa ham.2) Ha.3) Ha. 4) Ota o‘tgan yilgi qurbonligi o‘rnidan qilolmaydi. Ikki hissani birini vojib, yana birini nafl qurbonlik hisobidan qilishi mumkin. 5) Shunchaligi kifoya. Vallohu a’lam!
25 May 2022, 16:05 | Savol-javoblar | 163 | Boshqa ibodatlar