ulgurji savdoda kadoklar masalasi?

Assalamu alaykum va roxmatullox muxtaram Xazrat. Vaktingizni olaetganim uchun uzr surayman rozi buling. Biz yirik bir korxonaning dillerlaridan biri bulib shu korxona maxsulotlarini nasiya savdo asosida olib sotamiz. Savdo moli tarozida kilolab sotiladi. Bu mollar bizga zavoddan kadoklangan xolda (ogirligiga kadogi xam kushib tortilgan xolda) yuboriladi (kadokdan maksad molni egasiga sifatini buzmasdan etkazish. Lekin 1kg. maxsulotni narxi 1kg. kadoknikidan anchagina yukori taxminan 100/1). Biz esa bu mollarni xam kadogini buzmagan xolda, xam maydalab kadokdan chikarib sotamiz. Garchi kadok polietilen plenka bulib u juda engil bulgani bilan oylik mikdorda ancha mablagni tashkil kilib kuyayapti. Buzilgan kadok koldiklari esa bizda chikindi xolida kolib ketadi va ishchilar ularni yigib, tuplab chikindi kabul kiladigan korxonalarga sotishadi. Yana bir tomoni kadokni aloxida ogirligini bilish imkoni yuk chunki mollar turiga (soniga va ulchamiga) karab xar kadoklanadi (4 tadan, 6 tadan, 20 tadan va xakazo). Zavoddan kadokni ogirligini chikarib tashlash eki molni kiloda emas metrda sotish xakida ijobiy javob ola olmadik(chunki molning uzi bir turda bulsa xam kolibdan xar-xil chikadi, ulchamlari bir xil bulsa xam kilosi xar xil). Bu erda bizni xolatimiz kanday?1. Biz molni kabul kilishda kanday yul tutsak tugri buladi? kadok xisobiga kamomatlar asosan bizni korxona zimmasiga tushadi chunki kadoklangan molni maxsulot sifatida kabul kilamiz, chikindiga chikkan kadok ogirligini biz koplaymiz. Savol - bizni roziligimiz bunga kifoya kiladimi eki xaklar kolib ketayabdimi?2. Molni kamrok kadoksiz sotib olayotgan mijozlar xech nima yutkazmaydilar. Lekin bizdan kup mikdorda molni kadogini buzmay sotib olayotgan mijozlarni xukmi kanday? Kadokni buzib sotishimiz ularga juda nokulay ular buni xoxlamaydi xam. Ularni bizda xakki kolib ketmayabdimi? Yuki ulardan kadokni mol bilan bir xil narxda olayotganlari uchun rozilik surashimiz urinli buladimi?
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
1. Roziligingiz kifoya qiladi.2. Ularga bor gapni aytib qo‘yinglar. Sizlar qadoq bilan olganingizdan keyin qadoq bilan sotishga imkoningiz bo‘ladi.

3 May 2022, 14:34 | Savol-javoblar | 168 | Islam
|
Boshqa savol-javoblar