Jannat va do‘zaxga kirish

Assalomu alaykum! Aziz ustozlar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam qiyomatda do‘zaxga kirgan umatlarim janatga kirmaguncha men jannatga kirmayman der ekanlar. Ummatlari ma’lum vaqt azoblanganlaridan keyin qorayib ko‘mirga o‘xshab qolarkan. Ular do‘zaxdan chiqarilib qandaydur daryoda cho‘milib oqartirilar va janatga peshonasida do‘zaxiy degan tamg‘a bilan kirshar ekan. Shu voqea haqida ma’lumot bormi? Javobingiz uchun oldindan rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! عَنْ عَبْدِ اللهِ رَضِي اللهُ عَنْهُ: قَالَ النَّبِيُّ صَلَي الله عَلَيْهِ وَسَلَّم: «إِنِّي لَأَعْلَمُ آخِرَ أَهْلِ النَّارِ خُرُوجًا مِنْهَا، وَآخِرَ أَهْلِ الْجَنَّةِ دُخُولًا رَجُلٌ يَخْرُجُ مِنَ النَّارِ كَبْوًا، فَيَقُولُ اللهُ: اذْهَبْ فَادْخُلِ الْجَنَّةَ. فَيَأْتِيهَا فَيُخَيَّلُ إِلَيْهِ أَنَّهَا مَلَأَى، فَيَرْجِعُ فَيَقُولُ: يَا رَبِّ، وَجَدْتُهَا مَلَأَى، فَيَقُولُ: اذْهَبْ فَادْخُلِ الْجَنَّةَ. فَيَأْتِيهَا فَيُخَيَّلُ إِلَيْهِ أَنَّهَا مَلَأَى. فَيَقُولُ: يَا رَبِّ، وَجَدْتُهَا مَلَأَى، فَيَقُولُ: اذْهَبْ فَادْخُلِ الْجَنَّةَ، فَإِنَّ لَكَ مِثْلَ الدُّنْيَا وَعَشَرَةَ أَمْثَالِهَا. أَوْ إِنَّ لَكَ مِثْلَ عَشَرَةِ أَمْثَالِ الدُّنْيَا. فَيَقُولُ: تَسْخَرُ مِنِّي، أَوْ تَضْحَكُ مِنِّي وَأَنْتَ الْمَلِكُ؟» فَلَقَدْ رَأَيْتُ رَسُولَ اللهِ صَلَي الله عَلَيْهِ وَسَلَّم ضَحِكَ حَتَّى بَدَتْ نَوَاجِذُهُ، وَكَانَ يُقَالُ ذَلِكَ أَدْنَى أَهْلِ الْجَنَّةِ مَنْزِلَةً Abdulloh roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Nabiy sollallohu alayhi vasallam shunday dedilar: «Men do‘zax ahlining undan eng oxiri chiqadiganini ham, jannat ahlining unga eng oxiri kiradiganini ham yaxshi bilaman. Bir kishi do‘zaxdan emaklab chiqadi. Alloh: «Bor, jannatga kir», deydi. Kelsa, u unga to‘lgandek tuyuladi va qaytib borib, «Ey Robbim, u to‘lib qolibdi», deydi. U Zot yana: «Bor, jannatga kir», deydi. Kelsa, u unga yana to‘lgandek tuyuladi va qaytib borib, «Ey Robbim, u to‘lib qolibdi», deydi. U Zot: «Bor, jannatga kir. Dunyo va uning o‘n baravari senga [yoki dunyoning o‘n baravari senga»] deydi. U: «Sen Podshoh bo‘la turib, meni masxara qilasanmi?» [yoki «ustimdan kulasanmi»], deydi». Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning kulganlarini aniq ko‘rdim, hatto tishlari ko‘rinib ketdi». «Ana o‘sha jannat ahlining eng past martabalisi, deyishardi». Izoh: Ushbu oxirgi gapni roviy Abida ibn Umar Salmoniy aytgan. عَنْ أَبِي سَعِيدٍ الْخُدْرِيِّ رَضِي اللهُ عَنْهُ: أَنَّ النَّبِيَّ صَلَي الله عَلَيْهِ وَسَلَّم قَالَ: «إِذَا دَخَلَ أَهْلُ الْجَنَّةِ الْجَنَّةَ، وَأَهْلُ النَّارِ النَّارَ يَقُولُ اللهُ: مَنْ كَانَ فِي قَلْبِهِ مِثْقَالُ حَبَّةٍ مِنْ خَرْدَلٍ مِنْ إِيمَانٍ فَأَخْرِجُوهُ. فَيُخْرَجُونَ قَدِ امْتُحِشُوا وَعَادُوا حُمَمًا، فَيُلْقَوْنَ فِي نَهَرِ الْحَيَاةِ، فَيَنْبُتُونَ كَمَا تَنْبُتُ الْحِبَّةُ فِي حَمِيلِ السَّيْلِ - أَوْ قَالَ - حَمِيَّةِ السَّيْلِ». وَقَالَ النَّبِيُّ صَلَي الله عَلَيْهِ وَسَلَّم: «أَلَمْ تَرَوْا أَنَّهَا تَنْبُتُ صَفْرَاءَ مُلْتَوِيَةً» Abu Sa’id Xudriy roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Nabiy sollallohu alayhi vasallam shunday dedilar: «Jannat ahli jannatga, do‘zax ahli do‘zaxga kirganda Alloh: «Kimning qalbida xantal urug‘ichalik iymon bor bo‘lsa, uni chiqaringlar», deydi. Ular kuyib qorayib, ko‘mirga aylangan holda chiqariladilar. Keyin ularni hayot daryosiga tashlashadi. Shunda ular xuddi sel oqizig‘idagi urug‘ [yoki «sel shiddatidagi», degan] kabi unib chiqishadi». «Nabiy sollallohu alayhi vasallam yana: «Uning sap-sariq bo‘lib, buralib o‘sishini ko‘rmaganmisan?» dedilar». Izoh: Odatda sel oqizib kelgan tosh, loy, xas xashaklar ichida o‘simliklarning urug‘i ham bo‘lib, ular sel tinishi bilan bosh ko‘tarib, buralib-buralib unib chiqa boshlaydi. Xuddi shuningdek, do‘zaxdan chiqib, hayot daryosiga tashlangan odamlar ham shitob bilan «unib» chiqishadi. (“Oltin silsila” kitobidan Sahihul Buxoriy). Vallohu a’lam!

26 May 2022, 08:37 | Savol-javoblar | 163 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar