Vasatiylik

Assalomu alaykum! Shayx Hazratlari rahimahullohning «Vasatiya hayot yo‘li» kitoblarini o‘qigandim. Unda xar narsaga meyyor bilan mo‘tadil bo‘lish kerakligi xaqida o‘rgandim. Hadislarda zikr qilinishicha Rasululloh sollallohu alayhi vasallam nafl ibodatlarda xech kimni toqatidan ortig‘iga buyurmaganlar va bunga urunganlarni ham qaytarganlar, lekin ustozimiz rahimahullohning ramazon suxbatlaridan birida keltirgan hadislarida «Payg‘ambarimiz judayam ko‘p namoz o‘qiganlaridan oyoqlari shishib ketardi sahobalar u kishiga achinib biroz dam olmaysizmi deganlarida “nima shukur qiluvchilardan bo‘lmaymi” dedilar» deganlarini eshitgandim. Ilmim ozligi uchun bunda vasatiylikni topa olmadim. Iltimos shuni tushutirib bersangizlar. Oldindan tashakkur.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Bu narsa g‘olabatul hol deyiladi. Ya’ni insondan beixtiyor sodir bo‘ladigan ishdir. Bu holatda inson malomat qilinmaydi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam sahobalarni o‘ta ko‘p nafl o‘qishlikdan, ko‘p nafl ro‘za tutishdan va uylanmaslikdan qaytarishlari, ular o‘zlarini shunga majbur qilganlari hamda boshqa tarafdan oila va farzandlarning haq-huquqlari poymol bo‘lishi borligi uchundir. Qolaversa sahobalarni o‘rnak deb biluvchi ulardan keyingi kelgan ummat ibodat deganda faqat shu narsalarni tushunib qolmasliklari uchun hamdir. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamda esa bunday narsa yo‘q edi. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 08:37 | Savol-javoblar | 158 | Hadislar
|
Boshqa savol-javoblar