Qarzdordan advokatni xarajatlarni undirib olish

Assalomu alaykum! Agar qarzdor qarzini bermasa haqdor sud orqali qarzni undirib olishga haqli, bunday holatda haqdor sudga va yuristga qanchadir pul to‘laydi? Shu holatda sudga va yuristga to‘langan xarajatlarni qarzdordan undirib olsa bo‘ladimi? Yurist bilan og‘zaki shartnoma tuzilgan taqdirda, sudya yozma dalil so‘raydi haqiqatdan yuristga pul to‘langanligini tasdiqlash uchun. Yozma dalil yo‘qligi sababli yurist xizmati uchun to‘langan pullarni undirib olish imkoniyati yo‘q. Shu holatda qarzdordan penya undirib, undirilgan penyani o‘ziga bir tiyin xam olmasdan yurist xizmati uchun yuristga berib yuborsa bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Sudya va yurist kimga ishlasa xizmat haqini ham o‘sha tomon beradi. U haqdorni pulini undirish uchun xizmat qildimi demak haqini haqdor beradi. Vallohu a’lam!

12 May 2022, 20:11 | Savol-javoblar | 161 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar