Asabiylashish

Assalomu alaykum Hurmatli ustozlar, 2-3 yildan beri tez asabiylashadigan va tez tushkunlikka tushadigan, faqat yomon narsalarni o‘ylaydigan bo‘p qolganman. Uydagilar seni o‘qitib yuborish kerak deyishmoqda. Shariat bo‘yicha bu ish joizmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Qur’oni karim insonni ham ma’naviy dardlariga hamda moddiy muammolariga shifoligi aniq. Shunday ekan, siz shariatimiz ko‘rsatmasi asosida dam soladigan taqvodor kishiga dam soldirsangiz zarar qilmaydi. Ustozimiz Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rahimahullohning qalamlariga mansub "Ruhiy tarbiya" kitobini olib o‘qisangiz juda ko‘plab foyda olasiz. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 08:38 | Savol-javoblar | 156 | Ruhiy tarbiya
|
Boshqa savol-javoblar