Dastur egasining haqqi bormi?
Assalomu alaykum! Media mahsulotlar ishlab chiqarib-yaratib (grafik dizayn, 3D element, video), ularni sotishdan daromad topayotganlar yoki diniy media kontent yaratib savob umid qiladigan ko‘pchilik Adobe Photoshop, Adobe Premier, 3D Max kabi dasturlardan foydalanishadi. Bu dasturlar qimmat bo‘lib, o‘g‘rilik saytlari orqali tekinga yuklab olib, ishlashadi. Mualliflik huquqiga amal qilinmaydi. Savol: Agar dastur egalari kofirlar yoki g‘ayridinlar bo‘lib, oxiratda o‘z haqlarini talab qilishi mumkinmi? Diniy kontent yaratilishidan olingan savob ularga ham tegadimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! O‘g‘irlik baribir o‘g‘irlik. Moshina olishga qurbi etmagan odam o‘g‘irlab bo‘lsa ham minaversin degan joyi yo‘q. Vallohu a’lam!
8 May 2022, 14:30 | Savol-javoblar | 171 | Dolzarb savollar