Qur’onda cho‘chqa haqida
Assalomu alaykum! Bir birodarimiz qur’onni o‘qib chiqdim cho‘chqa haqida yozilmagan ekanku degan gap qilibdi iltimos oydinlik kiritsangiz shu xaqida.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! U “birodariz” balki boshqa kitobni o‘qib, Qur’on deb o‘ylagandir. Alloh taolo “Baqara” surasida : إِنَّمَا حَرَّمَ عَلَيْكُمُ الْمَيْتَةَ وَالدَّمَ وَلَحْمَ الْخِنزِيرِ وَمَا أُهِلَّ بِهِ لِغَيْرِ اللّهِ فَمَنِ اضْطُرَّ غَيْرَ بَاغٍ وَلاَ عَادٍ فَلا إِثْمَ عَلَيْهِ إِنَّ اللّهَ غَفُورٌ رَّحِيمٌ 173. Albatta, U Zot sizlarga faqat o‘limtikni, qonni, cho‘chqa go‘shtini va Allohdan o‘zgaga atab so‘yilgan narsalarni harom qildi. Kimki maza talab qiluvchi va haddan oshuvchi bo‘lmagan holda majbur bo‘lib qolsa, unga gunoh yo‘q. Albatta, Alloh o‘ta mag‘firatlidir, o‘ta rahmlidir. “Moida” surasida : حُرِّمَتْ عَلَيْكُمُ الْمَيْتَةُ وَالْدَّمُ وَلَحْمُ الْخِنْزِيرِ وَمَا أُهِلَّ لِغَيْرِ اللّهِ بِهِ وَالْمُنْخَنِقَةُ وَالْمَوْقُوذَةُ وَالْمُتَرَدِّيَةُ وَالنَّطِيحَةُ وَمَا أَكَلَ السَّبُعُ إِلاَّ مَا ذَكَّيْتُمْ وَمَا ذُبِحَ عَلَى النُّصُبِ وَأَن تَسْتَقْسِمُواْ بِالأَزْلاَمِ ذَلِكُمْ فِسْقٌ الْيَوْمَ يَئِسَ الَّذِينَ كَفَرُواْ مِن دِينِكُمْ فَلاَ تَخْشَوْهُمْ وَاخْشَوْنِ الْيَوْمَ أَكْمَلْتُ لَكُمْ دِينَكُمْ وَأَتْمَمْتُ عَلَيْكُمْ نِعْمَتِي وَرَضِيتُ لَكُمُ الإِسْلاَمَ دِينًا فَمَنِ اضْطُرَّ فِي مَخْمَصَةٍ غَيْرَ مُتَجَانِفٍ لِّإِثْمٍ فَإِنَّ اللّهَ غَفُورٌ رَّحِيمٌ 3. Sizlarga o‘limtik, qon, cho‘chqa go‘shti, Allohdan o‘zgaga atab so‘yilgan, bo‘g‘ilib o‘lgan, urib o‘ldirilgan, yiqilib o‘lgan, suzishdan o‘lgan, yirtqich egan hayvonlar – magar (o‘lmay turib) so‘yib olsangiz (halol) – va butlarga so‘yilgan hayvonlar hamda cho‘plar ila fol ochishingiz harom qilindi. Bu fisqdir. Bugungi kunda kufr keltirganlar diningizga zarar etkazishdan umid uzdilar. Ulardan qo‘rqmanglar, Mendan qo‘rqinglar. Bugungi kunda sizga diningizni mukammal qilib berdim. Sizga ne’matimni batamom qildim. Va sizga Islomni din deb rozi bo‘ldim. Kimki gunohga moyil bo‘lmagan holida qattiq ochlikda majbur bo‘lib qolsa, albatta, Alloh o‘ta mag‘firatlidir, o‘ta rahmlidir. “Nahl” surasida : إِنَّمَا حَرَّمَ عَلَيْكُمُ الْمَيْتَةَ وَالْدَّمَ وَلَحْمَ الْخَنزِيرِ وَمَآ أُهِلَّ لِغَيْرِ اللّهِ بِهِ فَمَنِ اضْطُرَّ غَيْرَ بَاغٍ وَلاَ عَادٍ فَإِنَّ اللّهَ غَفُورٌ رَّحِيمٌ 115. Albatta, U Zot sizlarga faqat o‘limtikni, qonni, cho‘chqa go‘shtini va Allohdan o‘zgaga atab so‘yilgan narsalarnigina harom qildi. Kimki maza talab qiluvchi va tajovuzkor bo‘lmagan holda majbur bo‘lib qolsa, albatta, Alloh o‘ta mag‘firatlidir, o‘ta rahmlidir. (“Tafsiri Hilol” kitobidan). Vallohu a’lam!
26 May 2022, 08:44 | Savol-javoblar | 146 | Qur’oni karim