Haj safari

Assalomu alaykum! Men ota onami haj safariga yubormoqchi edim. Onamni diabedlari bor, qon bosimlariyam havoga qarab tez tez oshib turadi. Shunga onam meni o‘rnimga boshqa birovni obor yoki menga ketkazadigan sarmoyangni muhtojroq insonga ber shundayam hajga borgandek bo‘laman dedilar. Nima qilish afzal?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Agar qodir bo‘lmasalar, haj badal qildirishning hamma shartlariga tug‘ri kelsa, haj badal qildirsangiz bo‘ladi. Haj badal haqidagi ma’lumotlarni portalimizning izlash xizmatidan topib o‘qing. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 08:46 | Savol-javoblar | 149 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar