6049-savol yuzasidan

Assalomu alaykum! 6049-savolda vafot etgan insonni orqasidan qilinadigan eng yaxshi amali qazo namozlarini ado etish deb javib beribsizlar. Misol uchun vafot etgan insonni qarindoshlari, farzandalari ularni(vafot etgan insonni qazo namozlari) ado etishi uchun qanday tartibda qilganlari afzal? 2). Deylik 3 farzandlari o‘qimoqchi, birinchisi faqat bomdod namozini qazolarini, ikkinchisi faqat peshin namozini qazolarini, uchinchisi esa asr namozini qazolarini o‘qiydilarmi? 
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1). Qoldirgan namoz va ro‘zalarini fidyasini to‘lashadi. Albatta etim bolalari bo‘lsa ularni merosdan hissasini ajratib bo‘lganidan keyin to‘laydi. 2). O‘qib ado qilinmaydi. Vallohu a’lam!

5 May 2022, 19:07 | Savol-javoblar | 149 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar