Ilm yo‘lida qilingan infoqdan maqsadsiz foydalanish
Assalomu alaykum! Men o‘ziga to‘q bo‘lmagan qo‘shnimizning o‘g‘li texnikalaga qiziqqanligi uchun, robototexnika kursiga o‘qishga yo‘naltirib qo‘ygan edim, kurs to‘lovlarini ham o‘zim to‘layotgan edim, o‘qishida zarur bo‘lganligi uchun yaxshi noutbuk xam olib bergan edim, 2 oy ham to‘liq o‘qimadi, o‘quv kursidan manga u bolani o‘qishga qatnashmayotgani to‘g‘risida xabar berildi. Otasidan so‘rasam, bola o‘qishga onasini mazasi yo‘qligi uchun bora olmayotgan ekan, endi buyog‘iga qatnashadimi deb so‘raganimda, ikkilanib borish bormasliginiyam to‘liq etmadi. Tushunishimcha, qiziqishi so‘nganmi, yoki boshqa sababmi, xullas o‘qishga qatnashmoqchimasga o‘xshadi. Shu sababli, men unga olib bergan noutbuk kompyuterini qaytarib olsam bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Berayotganingizda nima deb berganingizga bog‘liq. Hadiya deb bergan bo‘lsangiz qaytarib ololmaysiz. Ishlatib turishga deb bergan bo‘lsangiz olishingiz mumkin. Vallohu a’lam!
12 May 2022, 08:12 | Savol-javoblar | 206 | Turli savollar