Al Masad
Assalomu alaykum! Men Shayx Hazratlarining Qur’oni karimning tarjimalarini olgandim. Mendagi elektron kitobda Al-Masad surasining sharhi yo‘q ekan. Men endi dinimizni o‘rganishni boshlagandim. Bilimim ojizlik qilib bir ikki narsalarga bilimim etmadi va qidirib topa olmadim. Bilishimcha Qurondagi kup suralar voqialar asosida nozil bulgan Masad surasidagi zikr qilingan Abu Lahab kim shu sura tafsirini tushuntirib bersangizlar ustozlar. Vaqtingizni ayamaganingiz uchun kattakon rahmat!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Sizda “Ma’nolar tarjimasi” bo‘lsa kerak. O‘sha ilovani to‘liq yuklab olsangiz, tafsiri ham chiqadi. Administrator. Bu surai karimaga o‘zining oxirgi «Masad» so‘zi nom bo‘lib qolgan. Suraning ikkinchi ismi «Lahab»dir. Ko‘pchilik uni suraning avvalidagi birinchi ibora – «Tabbat yadaa» bilan ham ataydi. «Masad» so‘zining ma’nosi «arqon»dir. Surada Abu Lahabning xotini bo‘ynida arqon ila do‘zaxga kirishi ta’kidlangan. Ushbu suraning qahramoni Abu Lahabning asl ismi Abduluzzo ibn Abdulmuttolib bo‘lib, ikki yonog‘i olovdek qizarib turgani uchun Abu Lahab degan kunya olgan edi. Alloh taolo «Va yaqin qarindoshlaringni ogohlantir» degan oyatni nozil qilganda, Nabiy sollallohu alayhi vasallam Safo tepaligiga chiqib, baland ovoz bilan: – Ey Quraysh jamoasi! – deb nido qildilar. Shunda ular to‘planishdi. Ul zot ularga qarab: – Agar sizlarga hozir «Vodiyda otliqlar ustingizga bostirib kelishga tayyor turibdilar», desam, ishonasizlarmi? – dedilar. To‘planganlar: – Ishonamiz, sening yolg‘on gapirganingni hech ko‘rmaganmiz, – deyishdi. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam: – Albatta, men sizlarga shiddatli azobdan qo‘rqituvchi (payg‘ambar) bo‘lib keldim, – dedilar. Shunda Abu Lahab: – Halok bo‘lgur! Bizni shunga yig‘dingmi?! – degandan so‘ng Alloh taolo «Masad» surasini nozil qilgan. Abu Lahab Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamning amakilari va eng ashaddiy dushmanlaridir. Uni boyligi, mol-mulki g‘ururga ketkazgan. U shunday sinf vakiliki, ular o‘zlariga vazifa yuklovchi barcha harakat va tuzumlarga qarshi chiqaverishadi. Abu Lahabning xotini Ummi Jamil ham Islomning ashaddiy dushmanlaridan biri bo‘lib, Nabiy alayhissalom haqida turli bo‘hton va tuhmatlar tarqatib yurardi. U ham chaqimchilik, g‘iybatchilikka o‘ch, fitnachi ayollar toifasining vakilasi. (“Tafsiri Hilol” kitobidan). Vallohu a’lam!
26 May 2022, 12:19 | Savol-javoblar | 142 | Qur’oni karim