Qabriston va ziyoratgohlardagi shirk amallar

Assalomu alaykum! Men telegram tarmog‘idagi kanalingizdan «Qabrlarni silash shirkligi» haqida o‘qib qoldim. Biz tomonlarda (menimcha ko‘p joylarda shunday qilinsa kerak) ziyoratgohlarga borilganda avliyolarning qabrlari, yoki maqbarasini odamlar silab, duo qilib, niyat qilishadi. Hatto bunday joylarda ikki uch kun yotib qolib, o‘sha avliyolarning ruhidan kassaliklariga shifo so‘rashadi. O‘sha erdagi odam avliyo yotgan qabr ustiga tashlangan chitlardan hammaga bo‘lib beradi. Qabrlarni ziyorat qilishda biror me’yor bormi? Oldindan rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Biz qabrlarni silashni shirkligi haqida aytmaganmiz. O‘zingizdan bo‘rttirmang. Vallohu a’lam! https://fiqh.uz/index.php/ibodat/halol-harom/mayt/654-marhumlarni-joqlashda-motadil-meyor

26 May 2022, 08:49 | Savol-javoblar | 135 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar