Namozda bosh kiyim tushib ketsa

Assalomu alaykum! Masjidda namoz o‘qiyotgan vaqtimizda ba’zan bosh kiyimimiz oldingi safdagi namozxonni choponiga tegib yoki ilinib erga tushib ketadi va ba’zilar uni ikki qo‘li bilan olib kiyib olishadi, ba’zilar esa namozni tugatmagunlaricha olib kiyishmaydi. Bosh kiyimni ikkala qo‘l bilan olib kiyilganda namoz buziladimi yoki bir qo‘l bilan kiysa bo‘ladimi yoki namozdan chiqib kiyib olgan durustmi? Javobingiz uchun katta rahmat!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Buzilmaydi. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 22:53 | Savol-javoblar | 157 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar