Opa-singilni teng nikohga olish
Assalomu alaykum! Bilishimcha qaysidir masalalarda fatvo olsa bo‘larkan? Men ikkinchi ayolga uylanmoqchiman. Faqat meni qiynayotgani bu ayol qaynisinglim va bunga ayolim xam roziga o‘xshaydi. Shu masalalarda yordam bersangiz, chunki bunday xolat bir meni emas balki juda ko‘pchilikni qiziktirar ekan.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bir vaqtda bunday qilish mutlaqo joiz emas. Alloh taolo Qur’oni karimda opa-singilni bir vaqtda nikohda jamlashni harom qilgan. Biri vafot topgach yoki talog‘ini olgach boshqasini nikohiga olsa joiz. Alloh taolo "Niso" surasida marhamat qiladi: حُرِّمَتْ عَلَيْكُمْ أُمَّهَاتُكُمْ وَبَنَاتُكُمْ وَأَخَوَاتُكُمْ وَعَمَّاتُكُمْ وَخَالاَتُكُمْ وَبَنَاتُ الأَخِ وَبَنَاتُ الأُخْتِ وَأُمَّهَاتُكُمُ اللاَّتِي أَرْضَعْنَكُمْ وَأَخَوَاتُكُم مِّنَ الرَّضَاعَةِ وَأُمَّهَاتُ نِسَآئِكُمْ وَرَبَائِبُكُمُ اللاَّتِي فِي حُجُورِكُم مِّن نِّسَآئِكُمُ اللاَّتِي دَخَلْتُم بِهِنَّ فَإِن لَّمْ تَكُونُواْ دَخَلْتُم بِهِنَّ فَلاَ جُنَاحَ عَلَيْكُمْ وَحَلاَئِلُ أَبْنَائِكُمُ الَّذِينَ مِنْ أَصْلاَبِكُمْ وَأَن تَجْمَعُواْ بَيْنَ الأُخْتَيْنِ إَلاَّ مَا قَدْ سَلَفَ إِنَّ اللّهَ كَانَ غَفُورًا رَّحِيمًا 23. Sizlarga onalaringiz, qizlaringiz, opa-singillaringiz, ammalaringiz, xolalaringiz, aka-ukalaringizning qizlari, opa-singillaringizning qizlari, emizgan onalaringiz, emikdosh opa-singillaringiz, xotinlaringizning onalari, o‘zingiz qovushgan xotinlaringizning qaramog‘ingizdagi qizlari – agar u(xotin)lar bilan qovushmagan bo‘lsangiz, sizga gunoh yo‘q – va pushtingizdan bo‘lgan o‘g‘illaringizning xotinlari hamda opa-singilni jamlamog‘ingiz harom qilindi. Magar avval o‘tgan bo‘lsa, mayli. Albatta, Alloh o‘ta mag‘firatlidir, o‘ta rahmlidir.
«Opa-singilni jamlamog‘ingiz harom qilindi».
Ya’ni bir kishi o‘z nikohida turgan xotinining opa-singlisiga uylanishi mumkin emas. Bunday nikohning haromligi vaqtinchadir. Agar nikohida turgan opa yoki singil ila nikoh aloqasi uzilsa, u holda uning opasi yoki singlisiga uylansa bo‘laveradi.
Nabiy sollallohu alayhi vasallam ayol bilan uning ammasini yoki xolasini qo‘shib xotin qilmoqlikni man qilganlar. Bunday nikohlar qarindosh xotinlar orasidagi munosabatlarni buzadi, shuning uchun harom qilingan. ("Tafsiri Hilol" kitobidan). Vallohu a’lam!
25 May 2022, 17:08 | Savol-javoblar | 176 | Oila va turmush