Sachragan lak va kraska

Assalomu alaykum! Aziz ustozlar javoblaringiz uchun rahmat Alloh rozi bo‘lsin. Men ustaxonada lak sepaman. Ish paytida ba’zida qo‘lga yoki tirnoqqa lak tegadi. Shu holatda tahorat olamiz, ba’zida g‘usl qilamiz. Boshqalar esa mashina sozlashadi ularni qo‘lari moy bo‘ladi, tirnoqlari orasiga qora bo‘lib, ketmay turadi. Shu holatda tahoratimiz to‘liq bo‘ladimi? Yoki lak va o‘sha moylarni tozalab keyn tahorat olish kerakmi? Javob uchun rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Bo‘yoq qurib qolsa, uni tozalab ostiga suv etkazish shart. (Fatavoi Hindiya). Vallohu a’lam!

26 May 2022, 08:56 | Savol-javoblar | 147 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar