Do‘stim hezalak ekan…
! Ming bor uzr vaqtingizni olib, jirkanch va iflos shaxslar hisoblanmish xezalaklar to‘g‘risida so‘rab ovora qilyapman. Uzr Hazrat, avf eting savolim cho‘zilib ketadiganga o‘xshaydi. Biroq sizdan iltimos qilaman, savolimni oxirigacha o‘qib, o‘z javobingizdan voqif qilishingizga umidvorman. Boshim qotib qoldi, asabiylashayabmanu, lekin yuragimning bir cheti unga achinayotgandek..... O‘n yildan oshdi, bir inson bilan do‘stlashdik, aka-singil kirishganmiz. Haqiqatdan ham aka-singildek edik. Munosabatlarimiz hech kachon na man tarafdan, na u tarafidan munosabatlar chegaradan chiqmagan, bu haqda gapirishning o‘zi go‘yoki bema’nilik. Shu darajada yaqin edikki, meni onam, ko‘p oila a’zolarim, turmush o‘rtog‘im hatto ularni tanishadi. Yaxshi bilishadi. Do‘stimning ota-onalari, qarindosh-urug‘lari meni ham yaxshi tanishadi. Bordi-keldi, mexmondorchilik hammasi bor edi. 3 yil bo‘ldi, arzimagan gap tufayli gaplashmay qo‘ydim. Biroq yakinda, uning o‘zi menga telefon qildi, ikki og‘iz hol-ahvol so‘ragach “Senga bir gapim bor, juda muhim gap, ishonganim sen, men "gey"man, chelovek s netraditsionnoy orientatsiey, ya’ni adashmasam (o‘zbek tilida bunaqa erkaklar hezalak deyiladi) ekanligi haqida aytdi. Xayratdan yoqa ushladim..... O‘zim goh namoz o‘qib, goh o‘qimaydigan, ilmim deyarli yo‘q, iymoni juda sust odamman Hazrat, Xudo o‘zi meni kechirsin. Buni manmanlik qilib aytmayapman, aksincha uyalganimdan ochig‘ini, to‘g‘risinini aytmoqchiman. Inson zotini dini, irqi, mansabiga, mol-davlatiga, tashqi ko‘rinishiga qarab hech qachon ajratmayman. Lekin, astag‘firulloh ayol va ayol, erkak va erkak orasida bo‘ladigan "O‘ta yaqin munosabat"dagilarni yoqlamayman, ularni inson o‘rnida ko‘rmayman. Ulardan nafratlanib, jirkanaman. Hozir boshim qotdi, bu do‘stimni shunaqa ekanligi haqida o‘ylarkanman, ich-ichimdan nafratlanib ketyapman, bir dasturxonda o‘tirishga, hatto ko‘chada ko‘rsam qayrilib ketish darajasida jirkanish hissi bilan qarayapman. Yozyabmanu, asabiylashib ketyapman.... Biroq ichimda nimadir “unga nisbatan rahming kelsin” deb aytayotgandek, achinib ham ketyapman. Bu gapni o‘sha "do‘stim" telefonda aytdi, bandman keyinroq gaplasharmiz deb, telefon go‘shagini qo‘ydim. O‘zimni qo‘yarga joy topa olmayapman. Nahotki shu inson, shunday bo‘lsaya ???? Oilasi, farzandlari bor, o‘z kasbini professionali, hurmat-izzati joyida, qarindosh-urug‘lar bilan aloqalari ham mustahkam. Nima sabab bunday bo‘lgan ekan, qanday yashayapti u? U bilan bir tomondan gaplashib ko‘rmoqchiman, bir tomondan aloqani butkul uzmoqchiman. Arosatda qoldim. U rostini aytdi, bunaqa hazil qiladigan odammas u Iltimos sizdan, menga maslaxat bering.... SAVOL: 1. Bunday hezalak insonlar inson toifasiga kiradimi? Ular haqida Islom dinida nima deyilgan? 2. Bunday insonlar bilan muloqotda bo‘lish, bitta dasturxon atrofida o‘tirish gunohmasmi? 3. Bu kabi insonlar bilan do‘st bo‘lish mumkinmi?
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Ayol kishi nomahram erkak bilan do‘st bo‘lishi mutlaqo mumkin emas. - Siz hezalak deb atagan erkak o‘sha ishi bilan qo‘lga tushsa, qatl hukmigacha tortiladi. - Bundaylardan jirkanish va ular bilan do‘stlashmaslik kerak.
27 Aprel 2022, 05:16 | Savol-javoblar | 185 | Turli savollar
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Ayol kishi nomahram erkak bilan do‘st bo‘lishi mutlaqo mumkin emas. - Siz hezalak deb atagan erkak o‘sha ishi bilan qo‘lga tushsa, qatl hukmigacha tortiladi. - Bundaylardan jirkanish va ular bilan do‘stlashmaslik kerak.
27 Aprel 2022, 05:16 | Savol-javoblar | 185 | Turli savollar