To‘g‘ri yo‘lga tushish uchun
Assalomu alaykum! Ustozlar, Alloh taolo qilayotgan ulkan ishlaringizga ajrini ko‘paytirib bersin. Savolim quyidagicha : Oilamizda yoshligimizdan beri deyarli harom bilan oziqlanamiz. Shariatimiz harom qilgan taom va go‘shtlar yaqingacha ham o‘yimizda bemalol iste’mol qilinar edi. Allohga shukr hozir tushunib etganmiz. Ammo oila a’zolarimizdan ba’zisiga o‘sha egan harom luqmalar ta’sir qilganidan, hech tug‘ri yo‘lga tusha olmayapti. Nima maslahat berasizlar? Rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Abdulloh ibn Mas’ud roziyallohu anhu tunda namoz o‘qigani turganlarida yonlarida uxlab yotgan farzandiga qarab yig‘lab “Men bu nafl namozlarni sening porloq kelajaging uchun ham o‘qiyman” derdilar va “وَكَانَ أَبُوهُمَا صَالِحًا”* oyatini tilovat qilar edilar. • Ularning otalari solih odam edi. (Kahf surasi 82-oyat). Tobe’inlarning kattalaridan bo‘lgan Said ibn Musayyib rahmatullohi alayh ham “Men namoz o‘qiyotib farzandlarim yodimga tushadi. Shunda namozimni yanada ziyoda qilaman” der edi. Fuzayl ibn Iyoz rahmatullohi alayh “Men ibodatga beparvoligimning kasrini ayolimda, farzandlarimda, hatto minib yurgan ulovimda ham sezaman” der edilar. Doktor Nabil Avdo aytadilar “Men qachon nafllarda sustkashlikka yo‘q qo‘ysam, tezdan mening farzandlarim va dunyo musibatlari yodimga keladi va nafllarga bo‘lgan beparvoligim va dangasaligim farzandlarimni xulqini buzilishiga, rizqini kamayishiga sabab bo‘lmasin deb yanada ibodat va yaxshilikka kirishaman”. Farzandlarning xulqi go‘zal va dunyoviy balolardan najot topishligiga eng muhim sabab ota-onaning solih hamda hamma vaqt yaxshi ishlarda faol bo‘lishliklaridir. Hamma inson farzandlari solih va baxtu saodatga to‘lib hayot kechirishlarini orzu qilishadi. Lekin orzuning o‘zi kifoya qilmaydi. Buning uchun ota-ona o‘zi solih bo‘lishlari, farz va nafl ibodatlarda bardavom bo‘lishi kerak bo‘ladi. قَالَ شَهْرُ بْنُ حَوْشَبٍ رَضِي اللهُ عَنْهُ لِأُمِّ سَلَمَةَ: يَا أُمَّ الْمُؤْمِنِينَ، مَا كَانَ أَكْثَرُ دُعَاءِ رَسُولِ اللهِ صَلَي الله عَلَيْهِ وَسَلَّم إِذَا كَانَ عِنْدَكِ؟ قَالَتْ: كَانَ أَكْثَرُ دُعَائِهِ: يَا مُقَلِّبَ الْقُلُوبِ ثَبِّتْ قَلْبِي عَلَى دِينِكَ، قُلْتُ: يَا رَسُولَ اللهِ، مَا أَكْثَرَ دُعَاءِكَ بِهَذَا؟ قَالَ: يَا أُمَّ سَلَمَةَ، إِنَّهُ لَيْسَ آدَمِيٌّ إِلَّا وَقَلْبُهُ بَيْنَ إِصْبَعَيْنِ مِنْ أَصَابِعِ اللهِ، فَمَنْ شَاءَ أَقَامَ، وَمَنْ شَاءَ أَزَاغَ «Shahr ibn Havshab roziyallohu anhu Ummu Salama roziyallohu anhoga: «Ey mo‘minlarning onasi! Rasululloh sollallohu alayhi vasallam sizning oldingizda bo‘lganlarida aksari duolari qanday bo‘lar edi?» dedi. Ummu Salama roziyallohu anho: «U zotning aksari duolari «Ey qalblarni aylantirib turuvchi Zot! Qalbimni diningda sobit qil» edi. Bas, men: «Ey Allohning Rasuli! Bu duoni buncha ham ko‘p qilasiz-a?» dedim. «Ey Ummu Salama! Qalbi Allohning ikki barmog‘i orasida bo‘lmagan biror odam yo‘q. Kimni xohlasa, qoim qiladi, kimni xohlasa, toydiradi», dedilar». Sharh: Albatta, ko‘p ishlar odamning qalbiga va dinda sobitligiga bog‘liq bo‘ladi. Qay bir odamning qalbi pok va dinda sobit bo‘lsa, ikki dunyoning saodatiga erishadi. Agar boshqacha bo‘lsa, natija ham boshqacha bo‘ladi. Shuning uchun ham Rasululloh sollallohu alayhi vasallam dunyoda eng qalbi pok, Alloh taoloning dinida qalblari eng sobit va ma’sum zot bo‘lishlariga qaramay, doimiy ravishda Alloh taolodan qalblarini dinda sobit qilishini so‘rab, duo qilib turganlar. Biz ham sevikli Payg‘ambarimizdan o‘rnak olib, bu duoni ko‘p qilib turishimiz lozim. ("Hadis va Hayot" kitobidan). Vallohu a’lam!
26 May 2022, 08:59 | Savol-javoblar | 145 | Oila va turmush