Shu ishi joizmi?
Assalomu alaykum! Biz mahallamiz bilan har yili bahor oyi kirib kelgandan hadisa taomi tayyorlab, o‘rtada eyiladi. Buning uchun har bir odamdan pul yig‘ishtiriladi, bunda albatta sharoiti bo‘lmay qolganlar ham bor. O‘sha sharoiti bo‘lmaganlar ham ba’zilari chiqadi. Axir bu taom bir yilda bir marta qilinadi, lekin mahalla oqsaqoli ularni “pul bermay bu erga betlaringni bez qilib kelib o‘tiribsanlar” deb haqoratli gaplar bilan haqoratlaydi. Shu ishi to‘g‘rimi? Axir pulni sharoiti yo‘q uchun berolmagandir.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Odatda bu kabi ijtimoiy yig‘inlar ko‘ngilli ravishda, o‘z ixtiyori bilan beriladigan ehson va xayriyalardan qilinadi. Shunda u taomdan hamma bemalol eyishi mumkin bo‘ladi. Agar mablag‘ beruvchilar o‘zlaridan boshqani emasligini shartlashishsa, boshqalar undan iste’mol qilishi joiz bo‘lmaydi. Vallohu a’lam! https://savollar.islom.uz/savol/38608
26 May 2022, 09:01 | Savol-javoblar | 136 | Dolzarb savollar