Xatolarini qanday to‘g‘rilay?
Assalomu alaykum! Aziz ustozlar, men yaqin kunlardvn boshlab arab tilini o‘rganishni boshladim. Shunda bildimki arab tilida har bir harf va tovushni o‘z o‘rni bor ekan. Harf yoki tovushni noto‘g‘ri talaffuz qilsak ma’no o‘zgarib ketar ekan. Savolim shuki, mening otam Qur’on o‘qiydi, lekin e’tibor berib eshitsam so‘zlarni noto‘g‘ri talaffuz qilib va ayrim so‘zlarni aytmasdan tashlab o‘qiyaptilar. Men o‘zim “bunday o‘qimang” degani xijolat bo‘lyapman. Men qanday yo‘l tutay? Oldindan rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Otangizning yonida to‘g‘risini o‘qib bering. Ulug‘ ustozlarimiz o‘zgalarning xatosiga tanbeh berish uchun hato qilayotgan kishilarning oldida to‘g‘ri amal qilib “qaerda xato qildim” deb xatosini so‘rashar ekan. Imom Hasan va imom Husayn roziyallohu anhumolar yo‘lda ketayotib bir kishini chala holda tahorat olayotganlarini ko‘rib, ukasi akasiga “Keling men bir tahorat qilsam, tahoratim bobom Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning tahoratlariga muvofiq yoki muvofiq emasligini aytib bersangiz” dedilar. Va mukammal tahorat qildilar. Akasi “Bobom xuddi shunday tahorat olar edilar, siz mukammal qildingiz. Kim bundan ozaytirsa yoki ko‘paytirsa sunnatga xilof qilgan bo‘ladi” dedilar. Ularni kuzatib turgan kishi “Alloh sizlardan rozi bo‘lsin, meni kamchiligimni ko‘rsatdinglar” degan ekan. Bu rivoyat qanchalik to‘g‘ri yoki noto‘g‘riligida gap yo‘q. Lekin tarbiya borasida ibrat olishga loyiqdir. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 09:01 | Savol-javoblar | 144 | Ta’lim va muta’allim