Kabatulloh tomon yuzlanib
Assalomu alaykum! Men o‘zga yurtdaman, ba’zan ish yuzasidan chekka-chekka joylarda ketishimga to‘g‘ri keladi. Shunday vaqtda internetdan foydalanib qiblani qaysi tomonda joylashganini bilishning imkoni bo‘lmaydi va namoz o‘qimoqchi bo‘lsam qalbim ko‘proq qaysi tomonni xohlasa o‘sha tomonga yuzlanib namozimni ado qilaman bu ishim noto‘g‘ri emasmi? Javobingiz uchun rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Shunday qilishingiz to‘g‘ri. Qiblani biladigan odam topilmasa, ijtihod qiladi. Ijtihodida xato qilgan odam namozni qayta o‘qimaydi. عَنْ عَامِرِ بْنِ رَبِيعَةَ رَضِي اللهُ عَنْهُ قَالَ كُنَّا مَعَ النَّبِيِّ صَلَي الله عَلَيْهِ وَسَلَّم فِي سَفَرٍ فِي لَيْلَةٍ مُظْلِمَةٍ، فَلَمْ نَدْرِ أَيْنَ الْقِبْلَةُ، فَصَلَّى كُلُّ رَجُلٍ مِنَّا عَلَى حِيَالِهِ، فَلَمَّا أَصْبَحْنَا ذَكَرْنَا ذَلِكَ لِلنَّبِيِّ صَلَي الله عَلَيْهِ وَسَلَّم، فَنَزَلَ "فَأَيْنَمَا تُوَلُّواْ فَثَمَّ وَجْهُ اللّهِ" رَوَاهُ التِّرْمِذِيُّ Omir ibn Rabiy’a roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Nabiy sollallohu alayhi vasallam bilan zulmatli kechada safarda edik. Qibla qaysi tarafda ekanini bila olmadik. Bizdan har bir kishi o‘z bilganicha qarab namoz o‘qidi. Tong ottirganimizdan keyin buni Nabiy sollallohu alayhi vasallamga zikr qildik. Bas, «Qayoqqa yuzlansangiz, Allohning yuzi o‘sha erda» oyati nozil bo‘ldi». Termiziy rivoyat qilgan. Demak, oyati karima sahobai kiromlarning ijtihod qilib, qiblaga yuzlandim, deb qilgan urinishlarini tasdiqlab nozil bo‘lgan. Bulut va zulmat tufayli hamda boshqa sabablarga ko‘ra qiblani aniqlay olmagan kishi o‘zicha ijtihod qilib, namoz o‘qib bo‘lganidan keyin qibla boshqa tomonda ekani ayon bo‘lib qolsa, ko‘pchilik ulamolarning fikricha, namozini qayta o‘qimaydi. Hanafiy mazhabi ham shu fikrga qo‘shilgan. Balki ijtihod qilmay, to‘g‘ri yuzlangan odam qayta o‘qiydi. Bir odam qibla qayoqda ekanini aniq bilmas edi. Ijtihod qilmay, namozni o‘qib yubordi. Keyin namoz o‘qiyotganida qiblaga to‘g‘ri qarab o‘qiyotgani ayon bo‘ldi. Bas, namozini qaytadan o‘qiydi. Agar namozni o‘qib bo‘lganidan keyin ayon bo‘lsa, qayta o‘qimaydi. Namoz o‘qiyotganida fikri o‘zgarib qolsa, aylanib oladi. Bu hukmning dalili quyidagi hadisdir: عَنِ ابْنِ عُمَرَ رَضِيَ اللهُ عَنْهُمَا قَالَ بَيْنَا النَّاسُ فِي صَلَاةِ الصُّبْحِ بِقُبَاءٍ إِذْ جَاءَهُمْ آتٍ فَقَالَ إِنَّ رَسُولَ اللهِ صَلَي الله عَلَيْهِ وَسَلَّم قَدْ أُنْزِلَ عَلَيْهِ اللَّيْلَةَ، وَقَدْ أُمِرَ أَنْ يَسْتَقْبِلَ الْكَعْبَةَ فَاسْتَقْبِلُوهَا، وَكَانَتْ وُجُوهُهُمْ إِلَى الشَّامِ فَاسْتَدَارُوا إِلَى الْكَعْبَةِ رَوَاهُ الْخَمْسَةُ إِلَّا التِّرْمِذِيَّ Ibn Umar roziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi: «Odamlar Quboda bomdod namozida edilar. To‘satdan bir kishi kelib: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga bu kecha (Qur’on oyatlari) nozil bo‘ldi. U zot Ka’baga yuzlanishga buyurildilar, siz ham yuzlaning», dedi. Ular Shomga yuzlanib turishgan edi, Ka’baga burilishdi». Beshovlaridan faqat Termiziy rivoyat qilmagan. Imomining yuzlangan tarafini bilmasa, zarar qilmaydi. Birov o‘ta zulmatli kechada imomga iqtido qilib namoz o‘qidi. Ammo imomi qay tarafga yuzlanganini bilmay, o‘zi ijtihod qilib boshqa tarafga qarab o‘qisa, namozi to‘g‘ri bo‘ladi. Ammo undan oldinga o‘tib ketgani va unga xilof qilayotganini bilishi zarar qiladi. Ya’ni iqtido qiluvchi imomidan oldinga o‘tib ketganini yoki imomi yuzlangan tarafga xilof qilib namoz o‘qiyotganini bilsa, namozi durust bo‘lmaydi. ("Kifoya" kitobidan). Vallohu a’lam!
26 May 2022, 09:02 | Savol-javoblar | 171 | Ibodatlar