Do‘stning haqqi
Assalomu alaykum! Soham mijozlar bilan ishlashni taqozo qiladi. Shu kunlarda o‘rtog‘imning mijozlari yonimga kelib uning xizmatidan norozi bo‘lib o‘zlariga boshqa xizmat ko‘rsatuvchi topib bershimni so‘rashdi. Men imkon qadar vaziyatni o‘rganib, xizmat ko‘rsatuvchi o‘rtog‘im bilan aloqalarini yaxshilashga harakat qilsam ham foydasi bo‘lmadi. Keyin mijozlarni begona xizmat ko‘rsatuvchiga ketishi aniq bo‘lgandan keyin o‘zim bilan shartnoma qilib ishlashlari mumkinligini aytdim. Albatta shartnoma qilishdan oldin o‘rtog‘imning roziligini so‘ragan holda. Va, hozirda o‘sha mijozlar men bilan shartnoma qilib ishlay boshlashdi. Meni o‘ylantirib qo‘ygani, men notug‘ri yo‘l tutmadimmi. Baribir ushbu holat ko‘nglimga manzur bo‘lmay turibdi. Nima qilay?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Sherigingiz rozi bo‘lsa shar’an joiz. Sizni savolingiz o‘zingiz bilib turganingizdek joiz yoki nojoizligi haqida emas. Balki do‘stlikka xiyonat bo‘lish yoki bo‘lmasligi haqida bo‘lmoqda. O‘tgan solih salaflarimizda bir necha do‘kon bir xilda narsa sotsalar o‘zlarining savdolari yaxshi yurishib, yonidagi do‘kondagilarning savdosi kam bo‘lib tursa, kirgan xaridorlarga yonidagi do‘konlarga dalolat qilishar, “biz uchun bugunga etarli savdoimiz bo‘ldi, yonimizdagilardan xarid qilinglar” deb aytishar edi. Bu narsa o‘sha bozordagi do‘kondorlarning bir-birlariga bo‘lgan muhabbatini qozonishga, hasad degan narsadan yiroq bo‘lishga, iysor o‘z birodarini o‘zidan ustun qo‘yishga olib kelar edi. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 09:02 | Savol-javoblar | 139 | Halol va harom