Balog‘atga etmagan bola namozi

Assalomu alaykum! Aziz ustozlar, ota balog‘at yoshiga etmagan o‘g‘liga namoz o‘qishni o‘rgatsa, o‘g‘ilning namozini savoblari otasining qazo qilgan namozlari o‘rnida yozilarkan. Shu to‘g‘rimi? Balog‘atga etmagan qizning namozini savobi ham otasining qazolariga o‘rniga o‘tadimi? Javob uchun tashakkur.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Ota-ona farzandlariga namozni o‘rgatgani uchun ular o‘qigan har bir namozdan savob etib turadi. Lekin ularni qoldirgan qazo namozlarining o‘rniga o‘tmaydi. Qazolarni qoldirgan kishining o‘zi o‘qishi shart. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 09:02 | Savol-javoblar | 145 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar