Taksistlik

Assalomu alaykum! Hurmatli Ustozlar, har kuni ishdan qaytayotganimda taksiga chiqaman. Havo yaxshi kunlari mashinaga chiqib ketishim, shafyorlar bilan muomala qilishim unchayam qiyin bo‘lmaydi. Lekin havo sovuq qorli, yoki yomg‘irli bo‘lsa unda ahvol chatoq. Ular 5000-6000 so‘mlik har kuni ketadigan joyimga 10000-12000 so‘m berarsiz deb so‘rashadi. Agar har kuni 5000-6000 so‘mga ketamanku nega qimmat deb so‘rasam havoni, kech bo‘lib qolganini bahona qilishadi. Shu ishlari joizmi yoki yo‘q. Men ham yaqinda mashina olish harakatidaman, shu sababli men ham xato qilib qo‘ymaslik maqasadida shu savolga oydinlik kiritib bersangizlar. Oldindan rahmat. Alloh rozi bo‘lsin sizlardan.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Joizligiga kelsak aslida joiz, insof yuzasidan joiz emas. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 09:07 | Savol-javoblar | 168 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar