Yaqin joyga uzoq yo‘ldan borsa namoz qasr o‘qiladmi?

Assalomu alaykum! Biz O‘zbekistonni chegara hududida yashaymiz. Avvalgi davrlarda shu chegara hududida Qirgisistonga o‘tib onamni onalarini ko‘rib kelar edik. Oraliq masofa 5-7 km bo‘lgan, u paytlarda chegara posti ochiq bo‘lgandi. Hozir bu chegara postlar berk. U erga borish uchun qariiyb 100 kmdan ortiqroq yurishga to‘g‘ri kelib, boshqa ochiq post orqali aylaniib kelishga majburmiz. Shu holatda namozlarimiz qasr qilib o‘qish kerakmi yoki to‘liq? Aslan 5-7 km bo‘lgan masofa yuqoridagi sabab bilan hozir 100 kmdan ortiq.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Qaysi yo‘ldan yursangiz safar masofasini bosadigan bo‘lsangiz qasr qilib o‘qiysiz.
Bir odam kunlar qizib ketganligi yoki himmatining pastligi sababli yoki yoz kunlarida ro‘za tutishdan qochib, manzilga etkazuvchi ikki – biri uzun va biri qisqa bo‘lgan yo‘lning uzunini tanlab, safarga chiqsa, u musofir sanaladi, ro‘za tutmaslikka ham shar’iy ruxsat beriladi. Lekin uning bu amali bir qabih hiyla deb e’tibor qilinadi. فَإِذَا قَصَدَ بَلْدَةً وَإِلَى مَقْصِدِهِ طَرِيقَانِ أَحَدُهُمَا مَسِيرَةُ ثَلَاثَةِ أَيَّامٍ وَلَيَالِيِهَا وَالْآخَرُ دُونَهَا فَسَلَكَ الطَّرِيقَ الْأَبْعَدَ كَانَ مُسَافِرًا عِنْدَنَا “Bir kishi bir shaharga borishni qasd qildi. Maqsadiga olib boradigan yo‘l esa, ikkita. Biri safar masofasichalik, boshqasi esa undan kamroq. U kishi safar masofasichalik yo‘lga yursa, bizning mazhabda musofirga aylanadi” (Fatvoi qozixon). Vallohu a’lam!

2 May 2022, 11:01 | Savol-javoblar | 181 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar