Internet orqali savdo

Assalomu alaykum! Alloh qilayotgan savobli ishlaringiz ajrini ziyoda qilsin. Yaqin do‘stim xorijda ishlash uchun ketgan. U erda sayt ochib, internet orqali reklama vositasida qandolat mahsulotlari bilan savdo qiladi. Mijozlar do‘stimning saytga buyurtma berishadi. Qandolat tsexi o‘zi sotadigan narxidan arzonroq narxda mahsulotni beradi. Do‘stim aytaylik 20 so‘mlik mahsulotga 15 so‘m qo‘yib sotadi. Aytishicha, saytni boyitish, reklamalar uchun ko‘p pul sarflar ekan. Do‘stim mendan qilayotgan ishini halol yoki halol emasligini so‘rashimni iltimos qildi. Javob uchun oldindan tashakkur.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Joiz. O‘zi oldin sotib olsin keyin mijozlarga sotsin. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 09:10 | Savol-javoblar | 150 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar