Er va xotin jamoat

Assalomu alaykum! Qilayotgan xayrli ishlaringizga baraka bersin. Er-xotin birga namoz o‘qisa, bu jamoat hisoblanadimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Erkak kishi namozlarini jamoatda o‘qishi sunnati muakkada. Ba’zilar vojib ham deganlar. Mabodo uyda o‘qishga to‘g‘ri kelib qolsa, er oldinda ayol bir saf orqada turib namoz o‘qilsa jamoat bo‘ladi. IKKI KIShI VA UNDAN ORTIG‘I JAMOATDIR حَدَّثَنَا مُسَدَّدٌ قَالَ: حَدَّثَنَا يَزِيدُ بْنُ زُرَيْعٍ قَالَ: حَدَّثَنَا خَالِدٌ، عَنْ أَبِي قِلَابَةَ، عَنْ مَالِكِ بْنِ الْحُوَيْرِثِ، عَنِ النَّبِيِّ صَلَي الله عَلَيْهِ وَسَلَّم قَالَ: إِذَا حَضَرَتِ الصَّلَاةُ فَأَذِّنَا وَأَقِيمَا، ثُمَّ لِيَؤُمَّكُمَا أَكْبَرُكُمَا Molik ibn Huvayris roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Namoz vaqti kirganda azon va iqoma aytinglar, so‘ng (ikkingizdan) kattarog‘ingiz imom bo‘lsin», dedilar». (“Oltin silsila” kitobidan Sahihul Buxoriy). Vallohu a’lam!

26 May 2022, 09:11 | Savol-javoblar | 149 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar