O‘rtada pul olish

Assalomu alaykum! Bizda gilos pishkanda gilos oladigonlar keladi. Shu gilos oladigonlarga gilos topib berib, kilosidan shuncha summa pul chiqarib berasan dep pul ishlash joizmi? Gilos sotkan baraka bo‘lgan narxda to‘lik oladi pulini. Sotib oluvchilar topib berganga o‘zini cho‘ntagidan to‘lap beradi.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Siz gilos oluvchiga “har bir kilosiga faloncha pul berasiz” deb kelishsangiz, joiz. Vallohu a’lam!

14 May 2022, 13:40 | Savol-javoblar | 172 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar