Folchiga borsa

Assalomu alaykum! Hozirda bazilar bilmasdan folchiga boryapti. Bizni qishloqda yaqinda bir ayol folchi bo‘lib fol ochadigan bo‘lib qoldi. Odamlar “folchilar jinni bo‘ladi” deyishgandi rost ekan. 1 yilcha vaqt o‘tib o‘sha ayol jinni bo‘lib qoldi. Har erda o‘zini bilmay yuradigan bo‘lib qoldi. Bir savol javobda folchiga borganning nikohi buziladi deb o‘qidim. Shundaymi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom!عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ رَضِي اللهُ عَنْهُ، عَنِ النَّبِيِّ صَلَي الله عَلَيْهِ وَسَلَّم قَالَ: مَنْ أَتَى حَائِضًا أَوِ امْرَأَةً فِي دُبُرِهَا أَوْ كَاهِنًا فَقَدْ كَفَرَ بِمَا أُنْزِلَ عَلَى مُحَمَّدٍ صَلَي الله عَلَيْهِ وَسَلَّم. رَوَاهُ التِّرْمِذِيُّAbu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Kim hayzli ayolga yaqinlik qilsa yoki ayol kishining orqasidan yaqinlik qilsa yoxud folbinga borsa, batahqiq, Muhammad sollallohu alayhi vasallamga nozil bo‘lgan narsaga kufr keltiribdi», dedilar». Termiziy rivoyat qilgan.Sharh: Ushbu hadisda uch narsa kufr ish hisoblanmoqda: 1. Hayz ko‘rib turgan ayolga jinsiy yaqinlik qilish. 2. Ayol kishiga orqasidan yaqinlik qilish. 3. Folbinga borib, uning gapini tasdiqlash. Bu erdagi kufr Islom dinidan chiqaradigan kufr bo‘lmay, balki musulmon odam qilishi mumkin bo‘lmagan, kofir odam qiladigan ishni qilishdir. Taqiqlangan bu uch ishni qilish shariat amriga kufr keltirish, deganidir. Shuning uchun ham mo‘min-musulmon erkak-ayollar bu ishda o‘ta hushyor bo‘lishlari, hayz paytida jinsiy yaqinlik qilishdan o‘zlarini tiyishlari lozim. Erkaklar hech qachon bu ishga xotinlarini majbur qilmasinlar. Shariat bo‘yicha hayz ko‘rgan ayollarga o‘ziga oro berib, pardoz-andoz qilmaslik, chiroyli kiyimlarini kiyib, eriga ko‘rinmaslik, eri huzurida shahvatni qo‘zg‘atadigan gap-so‘z yoki qiliqlar qilmaslik tavsiya etiladi. Hayz paytida sodir bo‘lgan jinsiy yaqinlik uchun kafforot berish vojib, degan ulamolar, «Xotin kishi o‘sha ishga sabab bo‘lsa, mone’lik qilmasa, gunohkor bo‘ladi va kafforot to‘laydi», deganlar. Islom hayvoniy nafsi va shahvati uchun o‘z sog‘ligiga zararli ish qilgan odamni aybdor hisoblaydi. Chunki Islom bo‘yicha kishi nafsining ham unda haqqi bor. Shuningdek, uning sog‘ligida oila a’zolarining va jamiyatning ham haqqi bor. Mana shu asosga binoan, hayz paytida jinsiy yaqinlikka sharoit yaratgan ayol ham aybdor hisoblanadi. ("Hadis va Hayot" kitobidan). Vallohu a’lam!

26 May 2022, 09:12 | Savol-javoblar | 170 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar