Koreya restoranlarida namoz o‘qish

Assalomu alaykum! Men koreada restoranda idish yuvuvchi bo‘lib ishlayman. Bazida ustimga suv sachrashi mumkun, shunday holatlarda namoz o‘qisam bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Idishlarda cho‘chqa go‘shti va shu kabi shar’an harom narsalarning qolgani bo‘lsa undan sachragan suv ham kiyimni nopok qiladi. O‘sha joyini yuvib yoki boshqa kiyimda namoz o‘qish kerak. Vallohu a’lam!

8 May 2022, 02:49 | Savol-javoblar | 161 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar