Variantga olib, sotib yuborish

Assalomu alaykum! Ustozlar, men xunarmandman, hozirda dasmoyam yo‘q, muzorabaga izladim, topa olmadim. Shunga biror insonni mashinasini variantga 5000ga olib, keyin uni 4500ga yoki bozor ko‘targan narxga sotib, pulini dasmoya qilib ishlatsam bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Juda ko‘p kishilar siz kabi variantga mashina olib, o‘z kasbidan ishi to‘xtab qolsa yana ham qarzga botib ketmoqdalar. Hunaringiz yurmasa, mashinani narxini to‘lashga sotib beradigan narsangiz bo‘lmasa, olmang. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 09:15 | Savol-javoblar | 181 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar