1526-savol yuzasidan
Assalomu alaykum! Hurmatli Ustozlar, Alloh taolo barchamizga tavfiq bersin. Savolim shundan iboratki 1526-savoldagi javobingizda «mayyitning kafanini ochib qo‘yish mutlako joiz emas» debsiz. Bunga yuz qismi ham kiradimi? Buvimni qabrga qo‘yganimda go‘rkov yuzlarini ochib, qibla tarafga qaratib qo‘yishimni aytgan. Uning aytganlari to‘g‘rimi? Javobingiz uchun rahmat. Alloh rozi bo‘lsin!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Mayyitni o‘ng tarafi ila yuzini qiblaga qaratib yotqiziladi. Chalqancha yotqizib, yuzining o‘zini qiblaga qaratib qo‘yish ila sunnat ado bo‘lmaydi. ("Kifoya" kitobidan). Kafanlangandan so‘ng zaruratsiz yuzini ochish joiz emas. Chunki inson vafot etishi bilan barzax hayoti boshlanadi. Bu vaqtda inson turli qiyofaga o‘zgargan bo‘lishi ham mumkin. Alloh O‘zi asrasin agar yuzi o‘zgargan bo‘lsa, ochib ko‘rgan inson mayyit haqida yomon gumonga borib qolishi mumkin. Alloh taolo yomon gumonga borishdan qaytargan. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 09:15 | Savol-javoblar | 153 | Dolzarb savollar