Do‘stlarga nasihat
Assalomu alaykum! Aziz ustozlar, yoshim 26da. Allohga shukur meni olti ettita, yaqin do‘stlarim bor. Bulardan to‘rttasi institutda birga o‘qigan kursdoshlarim. Ular bilan juda qalinmiz, bir birimizni og‘ir kunlarimizda qo‘llab kelayabmiz, yaxshi kunlarimizda doim bir birimiz uchun xursandmiz. Lekin ming afsuski ular hali ham spirtli ichimilik iste’mol qilib turishadi, shu jumladan zino xam… Lekin do‘stga, odamlarga nisbatan odamiyliklari juda yaxshi, oddiy odam sifatida yaxshi odamlar. Men ularga birdan qattiq nasihat qila olmayabman, chunki qandaydur bezdirib qo‘yishdan qo‘rqayabman, shuning uchun asta sekinlik bilan tushuntirishga harakat qilayabman. Meni savollarim quyidagicha: Zino qiladigan, aroq ichadigan odamlar bilan do‘st bo‘lmaslik kerakmi? Agar umrimni oxirigacha bo‘lsa ham ulardan yuz o‘girmasdan, ularni to‘g‘ri yo‘lga qaytishlari uchun yordam berishim kerak emasmi?
Shu do‘stlarimdan iktasi birga, sheriklikda dehqonchilik qilishni taklif qilishayabdi. Biz Agrar Universitetini tamomlaganmiz. Men qanday yo‘l tutishim kerak? Men ularga zinoni to‘xtatsanglar va aroq ichishni to‘xtatsanglar qo‘shilaman, xech bo‘lmasa dexqqonchiligimizni qilib bo‘lgunimizcha desam bo‘larmikin, yoki bunday deyishim noto‘g‘rimi? Balki shu orqali inshAlloh ular bu odatlarini butunlay tashlashar… Kattakon rahmat Alloh umringizni ziyoda, ushbu qilayotgan xayrli ishlaringizni esa bardavom qilsin!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Siz ularni to‘g‘ri yo‘lga chaqirishda bardavom bo‘ling. Shu bilan birga ularning gunohlaridan o‘zingiz qattiq saqlaning. Shu bilan birga ularga Islomda bo‘ladigan qadringizni ham bildirib qo‘ying. Alloh taolo gunoh ish qilinayotgan davralardan to gunohdan boshqa ishga o‘tgunicha chetlashib turishga buyurgan. Alloh taolo “An’om” surasida marhamat qiladi : وَإِذَا رَأَيْتَ الَّذِينَ يَخُوضُونَ فِي آيَاتِنَا فَأَعْرِضْ عَنْهُمْ حَتَّى يَخُوضُواْ فِي حَدِيثٍ غَيْرِهِ وَإِمَّا يُنسِيَنَّكَ الشَّيْطَانُ فَلاَ تَقْعُدْ بَعْدَ الذِّكْرَى مَعَ الْقَوْمِ الظَّالِمِينَ 68. Oyatlarimizni (istehzo qilishga) sho‘ng‘iyotganlarni ko‘rgan chog‘ingda, to undan boshqa gapga sho‘ng‘igunlariga qadar ulardan yuz o‘gir. Agar shayton esingdan chiqargan bo‘lsa, eslaganingdan so‘ng zolim qavmlar bilan o‘tirma! ("Tafsiri hilol" kitobidan). Vallohu a’lam!
26 May 2022, 09:19 | Savol-javoblar | 150 | Ta’lim va muta’allim