T harfi
Assalomu alaykum! Ustozlar, tajvid hukumida jarangsiz "t" sukun bo‘lib kelsa "t"ga qo‘shilib "s" harfi o‘qiladimi? Ya’ni "tabbat" emas "tabbats" deb qiroat qilinadimi? Alloh sizlardan rozi bo‘lsin.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! "T" harfiga sukunli bo‘lganida "s" qo‘shib aytiladi, degan gap yo‘q va bu noto‘g‘ri gap.
Arab nutq tovushlarining 10tasida hams degan sifat bor. Bu ovoz oqimining erkin oqib o‘tishidir. Mazkur o‘n tovushdan "t" va "k" touvushlarining talaffuzida o‘ziga xos xususiyat bor: ular sokin bo‘lganida havo oqimi maxrajda dimlanib qoladi. Agar uni chiqarib yuborilmasa, tovush to‘liq hosil bo‘lmaydi, eshitilmaydi ham. Shu bois, ular sokin bo‘lganda talaffuzini maxrajni tezdan ochib yuborish bilan yakunlanadi. Shunda chiqqan shovqinni ayrimlar "s" kabi deb eshitib olib, shunday aytishi keng tarqab qolgan. Bu tajvidni mutaxassis ustozdan o‘rganmaganlikdan va mahorat etishmagandan bo‘ladi. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 09:19 | Savol-javoblar | 143 | Qur’oni karim